17 Sentyabr 2025 yil 46

Viloyat IIB boshlig‘i Navoiy shahrida joylashgan ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Dastlab, Navoiy davlat universitetining talabalar turar joyiga tashrif buyurib, mazkur obyektda talaba-yoshlarning istiqomat qilishlari uchun yaratilgan sharoitlar va xavfsizlik choralari bilan tanishdi. Yerto‘la qismi ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Keyingi manzil aholi gavjum va ko‘p sonli xizmat ko‘rsatish obyektlarida mavjud Nurafshon ko‘chasi bo‘lib, unda umumiy ovqatlanish joylari (oshxonalar, kafe, restoranlar) faoliyati bilan tanishildi. Hududda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rilayotgan xavfsizlik choralari o‘rganildi. 

Shundan so‘ng mas’ullar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialida bo‘lishdi. Mazkur hududda ham kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan zaruriy choralar ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech