16 Sentyabr 2024 yil
757
"Barqaror turmush" oyligi doirasida Karmana tumanida yolg‘iz onalar holidan xabar olindi.
Turmush barqarorligi nafaqat farzandlar tarbiyasida balki, jamiyat osoyishtaligi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Karmana tumani Kumushkon MFYda "Barqaror turmush" profilaktik tadbiri davomida boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz onalar bilan suhbat tashkil etildi. Ularning yashash sharoiti o‘rganildi. Xonadon egalariga oziq-ovqat maxsulotlari berilib, mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilar bilan kelishib olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati