DIQQAT, E'LON!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga bo‘yi 175 sm past bo‘lmagan, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, yo‘nalishiga bo‘yi 170 sm past bo‘lmagan, “Pasport tizimini ta’minlash” hamda “Maxsus operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishlariga bo‘yi 165 sm past bo‘lmagan, o‘qishga oliy ma’lumotli(“Maxsus operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga bundan mustasno), yoshi 18dan kichik, 30dan katta bo‘lmagan, muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Navoiy viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
fuqarolik pasporti;
harbiy guvohnoma asl nusxasi;
bakalavr diplomi asl nusxasi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2024 yilning 16 dekabrdan – 2025 yilning 16 yanvar kuniga qadar Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.
Tanlov yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni t.me/navviliibnomzod telegramm kanali yoki (79) 229-53-00; (79)229-52-03 telefon raqamlari orqali bilib borishingiz mumkin!
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati