12 Iyun 2024 yil
1998
Konimex tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida profilaktik ishlar olib borildi
Tadbirda tumandagi korxona-tashkilotlar, taʼlim muassasalari, tibbiyot birlashmasi va bandlik boʻlimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Unda xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va plastik kartalardagi kiberhujumlar toʻgʻrisida tushunchalar berilib, targʻibot ishlari olib borildi. Mazkur holatlarni oldini olish yuzasidan yigʻilganlarga videoroliklar namoyish etildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati