22 Avgust 2024 yil 1016

Navbahor tumanida mahalla yettiligi xodimlariga “Ijtimoiy profilaktika” elektron platformasida ish olib borish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi

Navbahor tumanida mahalla yettiligi xodimlariga “Ijtimoiy profilaktika” tizimi borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek elektron platformada ishlash jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi.  Unda “Ijtimoiy profilaktika”ning asosiy yoʻnalishlari, bu borada mahalla yettiligi vakillariga yuklatilgan vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilinayotgan yangi tizimning dolzarb ahamiyati, aholi bilan manzilli ishlashdan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida suhbatlashildi. Seminar jarayonida mahalla yettiligini qiziqtirgan savollarga javob berilib, elektron platformada ishlash tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech