28 Oktyabr 2024 yil 2673

Navbatdagi ommaviy sayyor qabulda Uchquduq tumani aholisining murojaatlari o‘rganildi

Xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini o‘rganish va ularga zarur yo‘nalishlar, tushuntirishlar berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sektor rahbarlari ishtirokida olis hududlardan biri Uchquduq tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. 

Mazkur qabulda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Zohidjon Qayumov ham tizim yo‘nalishi doirasida  20ga yaqin murojaatlarni ko‘rib chiqdi. Jarayonda tuman aholisining muammoli masalalari o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 

Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning sohaga doir murojaatlarini o‘rganish, tahlil qilish va kelgusida organlar tomonidan shu yo‘nalishda tizimli ishlarni olib borishga e’tibor qaratilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech