28 Oktyabr 2024 yil 1714

Navoiy shahri, Karmana va Navbahor tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi

 Navoiy viloyati IIB JJX HPB boshlig‘i Navoiy shahri, Karmana hamda Navbahor tumanlarida faoliyat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish,  huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tungi xizmatlarni samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalashtirib olindi hamda bajarilishi lozim ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Jarayonda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech