19 Dekabr 2024 yil 1431

Navoiy viloyat IIB Axborot kutubxonasi “Eng yaxshi kutubxona” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi

Fan va texnika taraqqiy etgan davrda kutubxonalarning zamonaviy qiyofa kasb etishi, xilma-xillikni ta’minlash sohaga doir adabiyotlarning ko‘payishi Axborot-resurs markazi faoliyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.    

Ichki ishlar organlari tizimida ham xodimlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun axborot-resurs markazlari tashkil etilgan.  

Xususan, Navoiy viloyati IIBda joylashgan mo‘jaz kutubxonada 7 mingdan ortiq  o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari hamda sohaga oid huquqiy adabiyotlar o‘rin olgan.  Kutubxona hamisha xodimlar bilan gavjum. Joriy yilda vazirlik miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kutubxona” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida  viloyat IIB Axborot kutubxonasi faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi. 

Kelgusida kutubxona faoliyatini kengaytirish, badiiy-tarixiy, ijtimoiy, huquqiy mavzudagi mashhur adabiyotlar adadini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech