21 May 2024 yil
1351
Navoiy viloyati IIB xodimi “Alfa sport xalqaro turniri”da oltin medalni qoʻlga kiritdi
Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPXB safdor-xodimi Shoxrux Oʻktamov Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Alfa sport xalqaro turniri”da 80 kg vazn toifasida 2ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Mutloq vazn toifasida 2 oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Navoiy viloyati IIB nomini sharafli himoya qilgan sportchi xodim safdor Shoxruh Oʻktamovni viloyat IIB shaxsiy tarkibi nomidan muborakbod etamiz!!!
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati