Ma’naviyat oyligi munosabati bilan viloyat IIBda xizmat olib borayotgan ayol xodimlar bilan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, madaniyat ob’yektlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyat IIB Tibbiyot bo‘limining ayol xodimalari uchun viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur muzey 30 yillik tarixga ega. Fondida arxeologiya, numizmatika, amaliy san’at hamda etnografiyaga oid 25 mingdan ortiq bebaho eksponat saqlanmoqda. Sayohat davomida xotin-qizlar muzeydagi tarixiy eksponatlarni tomosha qilish bilan birga, mutaxassislardan ular haqida qiziqarli ma’lumotlarni ham olishdi.
Bu kabi tadbirlar xodimalarda tarixiy meros va an’analarga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish hamda Vatanga munosib farzand bo‘lish hissini ham shakllantiradi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: