5 Sentyabr 2024 yil
918
Navoiy viloyati IIB xodimlari mustaqillik bayrami munosabati bilan faxriy ustozlar hamda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlar oila aʼzolari holidan xabar olishdi
Tinchlik xotirjamlikning tub mohiyatini oʻzida mujassam etgan Mustaqillik kuni barcha uchun xushkayfiyat va cheksiz faxr tuygʻularini baxsh etuvchi bayram hisoblanadi.
Navoiy viloyat IIB hamda Tibbiyot boʻlimi xodimlari bayram munosabati bilan xizmat vaqtida vafot etgan xodimlar va faxriylar xonadonlarida boʻlishdi. Ularga mutaxassislar tomonidan birlamchi tibbiy koʻmak koʻrsatilib,mavjud muammo va kamchiliklari atroflicha oʻrganildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati