30 May 2024 yil 1362

Navoiy viloyati IIBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullari Navbahor tumanida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar bilan suhbatlashdi

Navoiy viloyati IIBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullari Navbahor tumanidagi Tibbiyot birlashmasida tazyiq va zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ularning ruhiy-psixologik koʻmak koʻrsatilib huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari jabrlanuvchilarning oila aʼzolari va farzandlari bilan ham uchrashib ular uchun zarur ijtimoiy, huquqiy va psixologik koʻmak koʻrsatildi. Shuningdek, ayni holat takrorlanganda murojaat etish mumkin boʻlgan mutasaddi tashkilotlar haqida maʼlumot berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech