Navoiyda IIB boshligʻining sayyor qabulida fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini oʻrganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish davlat siyosatining muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanmoqda. Navoiy viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari A.D.Tasbayev tomonidan ayni maqsadlarni koʻzlab tashkil etgan navbatdagi uchrashuvda ham 10dan ortiq murojaatlar oʻrganildi. Fuqaro Guljahon Imomova turmush oʻrtogʻining ogʻir betobligi sabab moddiy koʻmakka muhtoj ekanligi hamda oʻgʻlini ish bilan taʼminlanishida amaliy yordam soʻrab murojaat etdi. Uning murojaati atroflicha oʻrganilgan holda oʻgʻli viloyat IIB Probatsiya xizmati hayodovchilik lavozimiga ishga qoʻyildi. Shuningdek, shaxsiy qabulda murojaatlari tinglangan 5 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilgan boʻlsa aksariyat murojaatlar oʻrganilishi boʻyicha nazoratga olindi.
Viloyat boʻylab aholi muammolarini oʻrganish maqsadida sayyor uchrashuvlar davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati