Navoiyda viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig’i Baxodir Toirovlar Karmana tumanidagi ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishdi
Mavsumni betalafot o‘tkazish, aholiga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir yetkazib berish hamda bunga masʼul idora-tashkilotlar va ijtimoiy obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirish maqsadida Navoiy viloyat IIB boshlig'i, polkovnik Azat Tasbayev rahbarligida o'rganishlar olib borilmoqda.
Jarayonda ishchi guruh tomonidan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash sohasi ob’yektlari, ko‘p qavatli turar joy binolari va ularga xizmat ko'rsatuvchi shirkatlar faoliyati ko'zdan kechirildi. Dastlab, Karmana tumanidagi ko'mir zahirasi, so'ngra tuman hududida joylashgan 27-sonli umumta'lim maktabi va 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mavsumga tayyorgarligi, qozonxonalari faoliyati hamda binolarning isitish tizimi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholini issiqlik manbayi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shundan so'ng, mutasaddilar tomonidan tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar faoliyati o'rganilib, jinoyat va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Oʻrganishlar davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati