27 Aprel 2024 yil 1312

Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navoiy viloyatidagi oʻrganishlarini Navbahor tumanida davom ettirdi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov boshchiligidagi ishchi guruh oʻrganishlarini Navbahor tumanida davom ettirdi. Dastlab chet el hamkorligi asosida  bunyod etilgan “Mengi tekstil group” ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib jarayon bilan tanishdi. U yerda ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

 Dastur manziliga koʻra ishchi guruh tuman yoshlarini kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida yangidan foydalanishga topshirilgan maktabga tashrif buyurdi. Taʼlim muassasasidagi  maxsus oʻquv xonalari va undagi zamonaviy texnologiyalar, innavatsion majmualar bilan tanishdi. Kasb ustalari va malakali pedagoglarning oʻquvchi yoshlarga taʼlim berishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar toʻgʻrisida tavsiyalar berildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech