Viloyat IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi
Yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar samarasi o‘laroq, rahbar xodimlarning xalq bilan uchrashuvi ularning muammolarini tez va sifatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining bu galgi qabulida turli yoshdagi fuqarolar, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari shuningdek, viloyat IIBda faoliyat olib borayotgan xodimlar ham qatnashib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlarini yo‘lladi.
Ba’zi murojaatlar maishiy nizolar yoki huquqiy tushunmovchiliklarga taalluqli bo‘lsa, ba’zilari keng qamrovli ijtimoiy muammolarga borib taqaldi. Ammo eng muhimi — har bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi, ayrim masalalar qabul davomida ijobiy hal etildi.
Eslatib o‘tamiz, rahbarning bu kabi qabullari har haftaning yakshanba kunida o‘tkaziladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati