4 Iyun 2025 yil 2060

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Ichki ishlar vaziri kubogi" uchun sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Musobaqada olimpiadaning shahar-tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16-21 va 22-26 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalardan iborat jamoalar final bosqichida kuch sinashdilar.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra, 16-21 yoshlilar orasida, 3-o‘rinni Qiziltepa tumani, 2-o‘rinni Konimex tumani, 1-o‘rinni Nurota tumani jamoalari egalladi. 22-26 yoshdagilar orasida, 3-o‘rinni Xatirchi tumani jamoasi, 2-o‘rin Qiziltepa tumani jamoasi hamda 1-o‘rinni Zarafshon shahar yoshlari qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Gʻoliblar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech