Diqqat e'lon! IIV Navoiy akademik litseyi o‘qituvchi va professorlarni ishga taklif qiladi
Ichki ishlar vazirligi Navoiy akademik litseyi bilim darajasi yuqori, intellektual salohiyat va malakaga ega quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qiladi:
ingliz tili fani o'qituvchisi-chet tilini bilish darajasi bo'yicha C1 sertifikatga ega bo'lishi lozim (2 nafar o'zbek va 2 nafar rus guruhlari uchun)
chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchisi (1 nafar o'zbek va rus guruhlari uchun)
informatika fani o'qituvchisi (1 nafar o'zbek va rus guruhlari uchun)
tarix fani o‘qituvchisi (2 nafar o‘zbek va 1 nafar rus guruhlari uchun)
Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar ariza, so'rovnoma-anketa, qisqa shaxsiy ma'lumot(rezyume) kabi hujjatlarni litseyning xodimlar bo'limiga taqdim etishlari lozim.
Tanlovga hujjat topshirish muddati: Joriy yilning 1-avgust kunidan 15-avgust kuniga qadar davom etadi.
Manzil: Navoiy shahar, G‘alaba shoh ko‘chasi, 228-uy
Mo'ljal: Viloyat moliya boshqarmasi yonida
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati