14 Dekabr 2023 yil
1098
Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan mahallalarda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilagan targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda
Tuman hokimligi, IIB boshligʻi va boshqa mutassaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan targʻibot tadbirida hududni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, jamoat tartibini saqlash shuningdek, yoʻl transport hodisalarini oldini olish kabi masalalar ilgari surildi. Shu maqsadda tumanning Mirzo Ulugʻbek mahallasida sodir etilgan jinoyat yuzasidan mahalla ahli va mutasaddilar ishtirokida muhokama tashkil etildi. Soʻzga chiqqanlar fuqarolarni ogohlikka chaqirib, qonun talablariga rioya etishlari, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼkidladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati