18 Dekabr 2024 yil 450

Xatirchi tumanida profilaktika inspektorlarining sa’y-harakatlari bilan noqonuniy pirotexnika vositasi savdosiga chek qo‘yildi                     

  Viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud – Dolzarb 50 kunlik” tadbiri doirasida Xatirchi tumanida ham maxsus nazorat hamda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Pirotexnika vositalarini noqonuniy aylanmasini oldini olish, ko‘cha va jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida tumanning "Quchchi" MFYda yashovchi fuqaroning elektroskuterida 16 quti pirotexnika vositalari borligi aniqlandi va xolislar ishtirokida bayonnoma asosida rasmiylashtirilib olindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech