18 May 2025 yil
630
IIB boshlig‘ining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar uchun IIB boshlig‘ining shaxsiy qabuli tashkil etildi. Qabul davomida aholi vakillari tomonidan huquqiy, ijtimoiy va shaxsiy muammolar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Unda har bir murojaat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tartibda choralar ko‘rilishi aytildi va alohida nazoratga olinishi belgilandi.
Shaxsiy qabul fuqarolarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati