8 Noyabr 2023 yil
1041
Karmana tumani IIB xodimlari oylik doirasida oʻtkazilgan koʻpkurash sport musobaqalarida faol ishtirok etishdi
“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” davomida oʻtkazilmoqda. Karmana tuman IIB sohaviy xizmatlari oʻrtasida koʻp kurash sport oʻyinlari oʻtkazildi. Koʻp kurash oʻyinlari davomida jamoalar arqon tortish, tosh koʻtarish, uzunlikka sakrash va turnik tortinish boʻyicha bahslashdilar.
Qizgʻin va murosasiz bahslar natijasiga koʻra tuman IIB TB xodimlarining “Spartak” jamoasi 3-oʻrinni JQB xodimlarining “OPER” jamoasi 2-oʻrinni egalladilar. Faxrli 1-oʻrin esa HPB profilaktika inspektorlarining “Dinamo” terma jamoasiga nasib etdi. Gʻolib jamoalar estalik sovgʻalari va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati