Kriminogen vaziyatni o‘rganish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Qiziltepa tumanida bo‘ldi
O‘rganishlar avvalida mutasaddilar tuman markazidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib “Xavfsiz tun” profilaktik-nazorat tadbirlariga jalb etilgan xodimlar bilan suhbatlashdi. Unda tadbirlarni sifatli tashkil etish, sergak va tezkorlikni yo‘qotmaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan bir qator tavsiyalar berdi. So‘ng Bozor va savdo markazlari, aholi gavjum joylarda tungi xizmatni olib borish va unda ahamiyat qaratilishi muhim jihatlar sanab o‘tilib, targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek viloyat IIB boshlig‘i kuz-qish mavsumida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida hudud gaz va elektr tarmoqldari korxonalarida bo‘lib mutaxassislar bilan navbatchilik faoliyati va zahira xom ashyolari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi aytib o‘tildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati