26 Iyul 2024 yil 2202

Navoiy IIBda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu Mirzaraximov raisligida 6 oy yakuniga bagʻishlangan yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazildi

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 6 oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yoʻl qoʻyilgan xato va kamchilliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu Mirzarahimov viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.D.Tasbayev hamda boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.D.Tasbayev soʻzga chiqib kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Soʻng boshqarma boshliqlarining hisoboti tinglanib, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlar va jinoyatchilikka sabab boʻlgan sharoit va omillar boʻyicha ichki ishlar boʻlimlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari tahlil qilindi. 

Xususan, barcha shahar va tumanlarda ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatlari, yoʻl transport hodisalari oʻsganligi taʼkidlanib, ushbu holatlarning oldini olishda profilaktik ishlar yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi atroflicha muhokama etilib, ayrim rahbarlarning faoliyati tanqid ostiga olindi. Jinoyatchilikni oldini olish, erta aniqlash va ularni jilovlash borasida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Yigʻilish soʻngida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov soha xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishga, fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech