24 May 2024 yil 1690

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari Tomdi tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazishdi

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.  Navoiy  viloyati IIB, viloyat Prokuraturasi va Soliq boshqarmasi singari sektor rahbarlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ boshliqlari tomonidan tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulning navbatdagi manzili Tomdi tumani boʻldi. Xususan, shu kuni viloyat IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev tomonidan 20ga yaqin tomdilik fuqarolar murojaatlari oʻrganildi. Aholisi nisbatan kam va tarqoq hududlarda istiqomat qiluvchi mazkur tuman fuqarolari tomonidan yoʻllangan yechimtalab muammolarini oʻrganish barobarida ish bilan taʼminlash, elektr taʼminotidagi uzilishlar, yoshlarni kasbga oʻrgatish boʻyicha taklif va mulohazalari tinglandi. Murojaatlarning 9 tasi joyida hal etilgan boʻlsa, 7 nafari soha mutasaddilariga biriktirilib bajarilishi nazoratga olindi.  


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech