4 Sentyabr 2025 yil 1090

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i ishtirokida shahar hududida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

   Mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarnining barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘plab targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotganiga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan zararli odatlarga ruju qo‘yish va jahlga erk berish oqibatida salbiy holatlarning sodir etilish holatlari uchrab turibdi. 

   Navoiy shahar “Zarafshon” mahallasida sodir etilgan yana bir jinoyat sabab mutasaddilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. Voqea keng jamoatchilik bilan muhokama etilib, uning kelib chiqish sabab va omillari xususida suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla hududida kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarnining oldini olish, bunda atrof-muhitga nisbatan loqayd va e’tiborsiz bo‘lmaslik lozimligi ta’kidlandi. 

            Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech