29 Yanvar 2025 yil 241

Navoiy viloyati IIB MvaFRB xodimlari hududlarda targ‘ibot ishlarini olib borishdi 

Navoiy viloyati IIB MvaFRB xodimlari Xatirchi va Navbahor tumanlarida joylashgan korxona tashkilotlar xodimlari uchun targ‘ibot tadbirlari tashkil etishdi. Unda fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda ularda “kibergigiyena” va “raqamli immunitet”ni shakillantirish  bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni ogohlantiruvchi rasmiy kanallarni muntazam kuzatib borish, telefon orqali kelgan har qanday sms va havolalarga ijobiy munosabat bildirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech