5 Iyul 2025 yil
733
Navoiy viloyati IIBda navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o’tkazildi
Dars davomida ichki ishlar organlari xodimlarining saf tayyorgarligi, o’qotar qurollar va maxsus vositalarni qo’llash ko’nikmalarini hamda xodimlarning jangovor tayyorgarligini yanada oshirish va maxsus rejalar bo’yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, 2 nafar faxriy xodimlarga O’zbekiston Respublikasi IIV Faxriylar kengashining “Faxriy yorlig’i” hamda “IIV faxriysi” ko’krak nishoni, shuningdek, bir guruh xodimlarga esa Navoiy viloyati IIB boshlig’ining tegishli buyrug’i bilan navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati