25 Yanvar 2025 yil 2548

Navoiy viloyati IIBda o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat darsi davomida bir guruh faxriylarga a’zolik ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi

    Har qanday soha vakili ma’naviyati bilan komilikka erishadi. Shu nuqtai nazardan Ichki ishlar organi xodimlarining ma’naviy dunyoqarishini yuksaltirish maqsadida muntazam tashkil etilayotgan ma’naviyat-ma’rifat darsining navbatdagisi “So‘z, fikr va axborot erkinligi” mavzusiga bag‘ishlandi. Mavzu Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Mamarajabov ma’ruzasi orqali yoritib berildi. Shuningdek, xodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli ko'rsatmalari yetkazildi. So‘ng xodimlarning o‘quv darslarini o‘zlashtirish darajasi muhokama etilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

   Tadbir davomida Boshqarma faxriylar kengashi a’zoligiga qabul qilinan 7 nafar ustozlarga a’zolik ko‘krak nishonlari tantanali topshirilib, yoshlarga soha sirlarini o‘rgatishda, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda hamkorlikni kuchaytirish takliflari berildi. Fidokorona xizmati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yosh xodimlarning ota-onalariga Vazirlik rahbariyatining minnatdorchiligi bildirildi.

       Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech