10 Iyun 2025 yil 671

Navoiy viloyatida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘uloti boshlandi

Mamlakatimiz rahbarining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori asosida IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va Navoiy viloyati IIBning sohaviy xizmatlari rahbarlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman IIB boshliqlari uchun qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Uch kun davom etishi ko‘zda tutilgan va onlayn tarzda masofadan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotining dastlabki kunida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ijtimoiy profilaktika tizimi, mahallalarda yoshlar, ayollar, ishsiz shaxslar tomonidan hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olishda ijtimoiy profilaktika tizimi mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlarida raqamlashtirish hamda “Xavfsiz raqamli mahalla” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilarning mavzuga oid fikr-mulohazalari ham tinglanmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech