11 Mart 2024 yil
3148
Navoiyda muborak Ramazon oyi davomida fuqarolarning jomeʼ masjidlariga xavfsiz qatnashi uchun amaliy ishlar olib borilmoqda
Inson qadr-qimmati oliy darajaga koʻtarilgan ona zaminimizda uning xavfsizligini taʼminlash ham oliy qadryat sanaladi. Muborak Ramazon oyida fuqarolarning jomeʼ masjidlariga xavfsiz qatnashini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari ham tun-u kun harakatda.
Navoiy viloyati IIB boshligʻi va DXX rahbarlari Karmana tuman masjidlarida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi. Shuningdek, masjidning yongʻin va elektr xavfsizligi holatlari koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar shu joyning oʻzida bartaraf etish choralari koʻrildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati