Navoiyda oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlash boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi
Navoiyda
sudlarda nizolashayotgan va ajrim yoqasidagi oilalar boʻyicha sayyor qabul
oʻtkazildi Har haftaning juma “Oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli
oilalar bilan ishlash” kuni munosabati bilan barcha tuman(shahar)larda
belgilangan jadval asosida nizoli ajrim yoqasidagi oilalar bilan muhokamalar
oʻtkaziladi. Muhokamalarda Navoiy viloyat IIB JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari,
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari, viloyat fuqarolik ishlari boʻyicha
sudining sudyalari, psixologlar, otinoyilar ishtirok etishdi va oila muqaddas
ekanligi, nizolar farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi
tushuntirildi. Mazkur muhokamalarda jami
10 nafar ajrim yoqasidagi, nizoli oilalar ishtirok etishib, shundan 4 ogila
yarashtirildi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati