6 May 2023 yil 779

Sohada tobora takomillashib borayotgan xodimlar ma’naviyatini yuksaltirish va ilmu ma’rifatni targ‘ib qilish ishlari, shuningdek kasb mahorati va malakaviy bilimlarni mustahkamlashga doir chora-tadbirlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning o‘q otar qurollar va o‘q-dorilar bilan ishlash bo‘yicha mahoratini takomillashtirish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish, o‘tishdagi imkoniyatlarini tekshirish, ularga o‘q otar qurollardan to‘g‘ri foydalanish va aniq otishni o‘rgatish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasining barcha shahodatlangan shaxsiy tarkibi bilan Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv davomida xodimlar egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llab mahoratli o‘q otuvchilarning tavsiyalarini olishdi. Bu esa o‘z o‘rnida xodimlarni jangovarlik qobiliyatlarini rivojlantirib kasbiy o‘sishga zamin yaratishi shubhasiz.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: