5 Iyun 2024 yil
2016
Navoiyda “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida profilaktik ishlar olib borilmoqda
Navoiy viloyati IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunbuzilish holatlarini oldini olish jumladan, xizmat hududida yetarlicha profilaktik targʻibot ishlarini olib borish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlar tashkil etish, shuningdek, maxsus qurol va aloqa vositalariga masʼuliyat bilan munosabatda boʻlish, xizmat avtomashinalarini texnik soz holatda saqlash kabi masalalarda tushuntirishlar olib borildi. Bundan tashqari korrupsiga qarshi kurashish, “temir intizom”ni yoʻlga qoʻyish borasida aniq topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati