Navoiy shahar “Xumo” MFYda “Targ‘ibot karvoni” profilaktik tadbiri o‘tkazildi
Mazkur profilaktik tadbir davomida, Navoiy shahar Xumo MFYda yashovchi N.V spirtli ichimlikka ruju qo‘yishi va rashk qilishi oqibatida turmush o‘rtog‘i bilan muntazam janjallashardi. Shuning uchun uning rafiqasiga himoya orderi rasmiylashtirib berildi hamda yarashib olishlari uchun profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Humo MFYda yashovchi yana bir fuqaro A.R. turmush o‘rtog‘i M.R. bilan kelishmasdan turmush o‘rtog‘ining onasi G.Sh. bilan ham nizolari borligi aniqlanib, fuqarolar bilan jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etmasligi to‘g‘risida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqaro M.Rga bir oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirilib, oila nazoratga olindi.
Shuningdek, mazkur mahallada o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan qo‘ni-qo‘shnilar mahalla faollari hamkorligida yarashtirilib, kelgusida tinch-totuv yashashi jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etmasligi bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati