17 Noyabr 2021 yil 852

Navoiy viloyati 3-sektor rahbari Navbahor tumanida fuqarolar bilan sayyor qabul o’tkazdi


Murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish, fuqarolarning muammolarini o’rganish bugun har bir rahbar o’z ish faoliyatini mana shu me’zonlar asosida tashkil etmoqda. Viloyat 3-sektor rahbari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining navbatdagi sayyor uchrashuvi Navbahorlik fuqarolar bilan tashkil etildi. Hududda fuqarolarni o’ylantirib kelayotgan, o’z yechimini yillar davomida kutayotgan masalalar ko’rib chiqildi. Qabul davomida ishsizlik, bankdan imtiyozli kredit olish, tibbiy yordamga muhtojlarga ko’mak berish, ichimlik suvi, elektr energiysi kabi 60 ga yaqin dolzarb ijtimoiy muammolar ko’rib chiqildi.
Ta’kidlash lozimki, sektor rahbari tomonidan shu kuni “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari ”, “Temir daftar” ga kiritilgan fuqarolarning bugungi ahvoli, sharoiti bo’yicha ham o’rganishlar olib borildi.
Muxtasar aytganda sayyor qabul natijasida Navbahorlik ko’plab fuqarolar o’z murojaatlariga ijobiy yechim topishdi. Ayrim masalalar yuzasidan esa manzilli topshiriqlar berildi.

 

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech