25 Sentyabr 2022 yil
824
Navoiy viloyati qo'l jangi bo'yicha Ichki ishlar vaziri kubogiga mezbonlik qilmoqda
Mamlakatimizda sport va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga katta ahamiyat qaratilayotgani barchamizga ma’lum. Sport musobaqalarini turli sohalarda ommalashtirish esa alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayni maqsadda ichki ishlar tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligi munosabati bilan tashkil etilgan qo‘l jangi musobaqasining vazir kubogida Navoiy viloyati mezbonlik qildi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan IIB xodimlari qo`l jangida kuch sinashmoqdalar. 23-25-sentabr kunlari Navoiy shahridagi So'g`diyona sport saroyida janglar boshlandi. Saralash uchrashuvlari davom etmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati