6 Iyul 2023 yil 3586

Navoiy viloyatida aholi muammolarini manzilli bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh oʻrganish ishlarini boshladi

Navoiy viloyatida  aholi muammolarini aniqlash va hal etish, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish boʻyicha Ichki ishlar organlari, mutasaddi idoralar hamda jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati samaradorligini baholash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga asosan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Respublika ishchi guruhining oʻrganishlari jarayonida asosiy eʼtibor aholining dolzarb ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va joyida bartaraf etishda sektor rahbarlarining tashabbuskorligi, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla fuqarolar yigʻini raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan osoyishtalikni taʼminlash, aholi muammolarini hal etish boʻyicha yangicha ishlash tizimini amaliyotga keng tatbiq etilishiga qaratilmoqda.

Bundan tashqari, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fuqarolarning bandligini taʼminlash, doimiy daromad manbaini yaratish, isteʼmol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini barqarorligini taʼminlash va ularning zaxirasini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirilmoqda.

Xususan, ishchi guruh dastlab, Qiziltepa tumanida bo’lib, Uzilishkent, G’oyibon mahalla profilaktika inspektorlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek,mehmonlar  “Toshrabot textil” MCHJda bo’lib xotin qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni ko’zdan kechirdi. Respublika ishchi guruhi tomonidan Nurota tumanidagi  “Eshon Sudur” MFYga xizmat ko‘rsatuvchi 9-sonli huquq-tartibot maskanida Mahalla beshligi faoliyati bilan tanishdi.

 Navbatdagi manzil G’ozg’on, Navbahor hamda Karmana tumanlari bo’ldi. Ishchi guruh a’zolari hududdagi ijtimoiy obyektlar hamda aholini qiynab kelayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratdi. Xususan G’ozg’on shahrida maktabgacha yoshidagi bolalarning tarbiyalanishi, ilm olishi uchun yaratilgan sharoitlar o’rganildi. Shuningdek, hududdagi sanoat korxonalari faoliyati, aholi bandligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Navbahor tumanida ishchi guruh a’zolari aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar, elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda ichki yo’llarni ta’mirlash bilan bog’liq murojaatlarning yechimi bilan tanishishgan bo’lsa, Karmana tumanida Yoshlar uchun yaratilayotgan innovatsion qulayliklar, xotin qizlar bandligini ta’minlash hamda hududning kriminogen vaziyatini tahlil qilishdi. Eslatib o’tamiz, Respublika ishchi guruhining o’rganishlari tuman va shaharlar kesimida davom etmoqda.

 Navoiy viloyati IIB axborot xizmati    

 

 

Text to speech