18 Noyabr 2021 yil 783

Navoiyda “Bayrog‘imiz-faxrimiz” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun davlatimiz ramzlaridan biri, millatimiz iftixori O‘zbekistonning “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. Shu munosabati bilan Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 9 noyabr kunidagi "ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 238-sonli Farmoyishi talablariga muvofiq Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hududida joylashgan huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda harbiy yurish paradi o‘tkazildi. Paradda 50 dan ortiq texnikalar, otliq harbiylar hamda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilardan iborat shaxsiy tarkib qatnashdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech