16 Dekabr 2021 yil 883

Navoiyda ichki ishlar organlari rahbar xodimlarining sayyor o‘quvi yakunlandi

Хabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 20-noyabrdagi “Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari malakasini oshirish bo`yicha o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risida”gi farmoyishiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish institutining professor-o`qituvchilari tomonidan sayyor o`quv kurslari tashkil etildi. Bunda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmalari hamda tergov xizmati rahbar xodimlari, shuningdek, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining birinchi va tergov bo`yicha o`rinbosarlari ishtirok etdilar.

O`quv kursining asosiy maqsadi sohaviy xizmat rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishda hududdagi tezkor va kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, prognozlash va baholashning zamonaviy usullarini oʻrgatish, tezkor-qidiruv, jinoyatlarni tergov qilish sohasida tajriba almashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni o`rganish, mavjud kuch va vositalarni to`g`ri taqsimlash, shuningdek, xizmat faoliyatiga oid islohotlar va yangiliklar, yuridik va maxsus tayyorgarlik bo`yicha bilimlarini oshirishdi.

O`quv kursi yakunida tinglovchilardan yakuniy imtihon olinib, o`quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Bulardan tashqari, IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari bilan IIVning Navoiy akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda, Ichki ishlar organlari sohasida kadrlar tayorlash, qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tizimida amalga oshiralayotgan islohatlar, soha xodimlariga qo‘yilgan asosiy vazifalar va talablar, shiningdek, malaka oshirish instituti faoliyatiga doir ma’lumotlar berildi. 

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

 

Text to speech