23 May 2022 yil 910

Navoiyda “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbiri davomida jinoiy holat aniqlandi

Viloyat hududida o‘tkazilayotgan keng qamrovli “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbiri davomida, G‘ozg‘on shahar IIB HPB xodimlari tomonidan G‘ozg‘on shahar, “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro Z.J. yashash xonadoni ayvonida 4 tup yashil rangli, o‘ziga xos hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash bo‘lgan o‘simlikni ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu 4 tup o‘simliklar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi. Mazkur holat yuzasidan G‘ozg‘on shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech