29 Iyun 2023 yil 3727

Navoiyda sana munosabati bilan OAV vakillari munosib rag'batlantirildi

 Navoiy viloyati IIBda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga bir guruh OAV vakillari va blogerlar taklif etildi.

Boshqarma boshlig‘i o`rinbosari barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qo‘shayotgan hissalari qatori, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi faoliyatlari alohida e’tirofga munosibligini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida, soha vakillariga tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech