8 Noyabr 2023 yil 787

Nurota tumani IIB xodimlari  jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi munosabati bilan volleybol musobaqasini tashkil etishdi

Sport-sogʻlik demakdir.  Albatta inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. Ayniqsa Ichki ishlar xodimlarini muntazam sport bilan shugʻullanib turishlari, jismonan baquvvat va ruhan sogʻlom boʻlishi muhimdir. Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi munosabati bilan Nurota tumani IIB sohaviy xizmat xodimlari oʻrtasida sportning valeybol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. 

Musobaqada 1-oʻrinni tuman IIB JXX HPB jamoasi, 2-oʻrinni tuman IIB tashkiliy boʻlinma jamoasi, 3-oʻrinni IIB TQX JQG jamoasi qoʻlga kiritishdi. Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech