19 Iyul 2025 yil
553
Navoiy viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi
Aholi farovonligini oshirish hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan har bir murojaatga yechim topish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshlig'ining navbatdagi shaxsiy qabuli o'tkazildi. Yuzma-yuz muloqot davomida fuqarolarning turli mazmundagi masalalari shaxsiy va ijtimoiy muammolari, oilaviy nizo, bandlik va sud huquqqa oid murojjatlari tinglandi. Har bir fuqaroning murojaati boshqarma boshlig'ining shaxsan nazoratiga olindi. Muddat va o'rganish talab qiladigan muammolarni hal etish yuzasidan tegishliligi bo'yicha mas'ullarga zarur topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati