11 Avgust 2023 yil 3494

Qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslarida Navoiy viloyati IIB vakillari peshqadamlardan boʻldi

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 10-13 avgust kunlari Navoiy shahri Qo’l jangi bo’yicha O’zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida bugun qo’l jagi sportining tobora ommaviylashayotgani yoshlar o’rtasida sog’lom muhitni shakllanishida mazkur sportning ahamiyati, va bunda yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar haqida fikrlar bildirildi. Ta’kidlash lozim, musobaqada O’zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali jamoalari bilan birga yosh havaskor sportchilari ham qatnashmoqda. Uchrashuvlarning ilk kunida turli vazn toifasida bellashuvlar bo’lib o’tdi. Ilk uchrashuvlarida Ichki ishlar vazirligi jamoasi vakillari ustunlik qilishdi. 4 vazn toifasida bo’lib o’tgan chempionatning markaziy shiddatli janglarida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar vakili Sirojiddin Obloqulov hamda Islom Mardonovlar raqiblari ustidan ishonchli g’alabani qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz janglar 13 avgsutga qadar davom etadi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech