14 Iyul 2025 yil 427

Vazirlik ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyati IIB xodimlari ishtirokida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi 

   Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan Navoiy viloyati IIB xodimlari uchun "Jangovar qurollar, maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari, ularni xizmat vaqtida qo‘llash tartibi hamda huquqiy asoslari" bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

   O‘quv mashg‘ulotining dastlabki kunida Boshqarma apparati hamda viloyat IIB JXX YHXB xodimlari ishtirok etdilar. O‘quv mashg‘uloti davomida AKS-74 avtomati, PM pistoletini to‘liqsiz qisimlarga ajratish va yig‘ish, undan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, maxsus vositalar, elektroshok qurilmasini qo‘llash tartibi hamda huquqiy asoslari yuzasidan muhim eslatma va ko‘rsatmalar berildi. Jarayonda xodimlarning nazariy bilimlari ham baholab borildi. 

 O‘quv mashg‘ulotlari viloyatning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech