“Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichida IIV Navoiy akademik litseyi faxrli 1-o‘rinni egalladi
Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Zakovat” o‘yinlari borgan sari o‘quvchi-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otayotgani sir emas. Ayniqsa mazkur o‘yin orqali erishilgan muvaffaqiyat va natijalar ko‘zni quvontiradi. Yaqinda viloyat miqyosida o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlarida IIV Navoiy akademik litseyi o‘quvchilari ham faol qatnashdi. Intellektual o‘yin savollarning murakkabligi va yo‘nalishi bo‘yicha 3 turda tashkil etildi. Litseyning bilimdon o‘quvchi-yoshlaridan iborat jamoa savollarga aniq va tezkorlik bilan javob berib birinchilikni egalladi hamda respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Zakovat” o‘yinining respublika bosqichida IIV Navoiy аkademik litseyi jamoasiga omad tilaymiz!
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati