16 Avgust 2024 yil 1378

Aholi muammolarini oʻrganish va ijobiy hal etish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi polkovnik Elbek Urunovlar Xatirchi tumanida oʻrganishlar olib borishdi

Mamlakatimizda aholining, ayniqsa, qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Xususan, mutasaddilar Xatirchi tumanidagi Madaniyat, Tamabahrin, Langar, Mirishkor mahallalarida boʻlib u yerdagi obodonchilik jarayonlarida qatnashdi. Jumladan Langar MFY hududida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasining foydalanish sharoitlari bilan tanishib, taʼmirlash kerak boʻlgan joylari boʻyicha chora-tadbirlar kelishib olindi.

 Jarayonda Navoiy viloyati IIB boshligʻi “Orzu” fermer xoʻjaligi raisi bilan suhbatlashib, joriy yilda ekilgan paxtaning yangi navi hamda uning samaradorligi bilan tanishdi. 

Shuningdek, Madaniyat, Tamabahrin, Mirishkor mahallalarining ichki koʻchalarini shagʻallashtirish va asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari baʼzi mahalla koʻchalaridagi elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bogʻliq muammolari oʻrganilib bartaraf etish choralari koʻrildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech