13 Avgust 2024 yil
1648
Aholi muammolarini oʻrganish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hamda Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi polkovnik Elbek Urunovlar Karmana tumanida oʻrganishlar olib borishdi
Mutasaddilar tuman aholisining turmush darajasini koʻtarish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash maqsadida Karmana tumanida boʻlishdi.
Unda tumanning 5-ixtisoslashtirilgan maktab binosini tom qismini taʼmirlash, "Alisher Navoiy" mahallasi koʻchasiga asfalt yotqizish, "Varq" mahallasiga gaz quvuri oʻtkazish hamda "Jaloyir" mahallasidagi ayrim simyogʻochlarni almashtirish chora-tadbirlarida bosh boʻlishdi.
Mazkur vazifalarni bajarishni oʻz zimmasiga olgan qurish-taʼmirlash korxonalari vakillariga aholiga sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati