7 Noyabr 2024 yil 2624

Aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul Xatirchi tumanida tashkil etildi

Aholi muammolarini o‘rganishda huquqni muhofaza qiluvchi organ hamda sektor rahbarlari tomonidan tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullarning ahamiyati katta. Boisi turli yo‘nalishdagi murojaatlar yechimi shu sohaga tegishli mutasaddilar bilan tez va samarali hal etilishi shubhasiz. 

Xatirchi tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda ham hokimlik, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi shuningdek, aholiga xizmat ko‘rastuvchi boshqa korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi. Qabul avvalida mutasaddilar xalq bilan uchrashib murojaat etish tartibi va yo‘nalishini tushuntirishdi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shokirjon Sadikov ommaviy sayyor qabulga o‘zlarining sud-huquq, ijtimoiy, tibbiy, moddiy yordam masalalari bilan kelgan xatirchilik 20ga yaqin fuqarolar murojaatini o‘rgandi. Ko‘rilgan murojaatlarning aksari qabul jarayonida mutasaddilar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi. 5 nafariga esa ma’lum muddatda to‘liq o‘rganib chiqilishi, so‘ng xulosa berilishi aytildi. 

Muxtasar aytganda, murojaatlarning ijobiy hal etilishi fuqarolarning bugungi kundan roziligi, ertangi kunga xotirjam ishonchini ta’minlaydi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech